Kuni keça bölib ötgan uçraşuvda Italiya stomatologiya sanoati assotsiatsiyasi (UNIDI) prezidenti Janfranko Berrutti hamda assotsiatsiyaning xalqaro aloqalar uçun mas’ul vakili Fabio Catella iştirok etdi.
Uçraşuvdan asosiy maqsad akademik aloqalarni rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda stomatologiya sohasi doirasida ilmiy va amaliy aloqalarni mustahkamlaşdan iborat böldi.
Suhbat davomida stomatologiya sanoatidagi zamonaviy tendensiyalar, xalqaro tajriba almaşiş, ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini rivojlantiriş, şuningdek, xorijiy hamkorlar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Janfranko Berrutti Italiya stomatologiya sanoatining yetakçi vakillaridan biri bölib, 2026–2028-yillar uçun Italiya stomatologiya sanoati assotsiatsiyasi prezidenti etib saylangan. Şuningdek, u stomatologik materiallar işlab çiqaruvçi yirik Yevropa kompaniyalaridan biri — Major Prodotti Dentari S.p.A. kompaniyasining boş direktori hisoblanadi.
Fabio Catellani esa UNIDI assotsiatsiyasining xalqaro yönalişi uçun mas’ul bölib, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, Italiya stomatologiya mahsulotlarini xorijiy bozorlarda ilgari suriş hamda xalqaro ixtisoslaşgan körgazma va tadbirlarda iştirokni taşkil etiş bilan şuğullanadi.
Mazkur uçraşuv Toşkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş, stomatologiya sohasida ilğor xorijiy tajribani ö’rganiş hamda kelgusida ö’zaro manfaatli hamkorlik yönalişlarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kommentariyalar